Arxivlash va indekslash

DOI va arxiv. Har bir chop etilgan maqola Zenodo (CERN) omboriga joylanadi va doimiy DOI oladi. Zenodo yozuvi maqolaning toʻliq PDF nusxasini saqlaydi — sayt ishlamay qolsa ham maqola DOI orqali ochiladi.

Indekslash. Maqola sahifalari Google Scholar uchun toʻliq metamaʼlumot (citation_*) bilan taʼminlangan; Zenodo yozuvlari OpenAIRE tomonidan avtomatik yigʻib olinadi. Jurnal metamaʼlumotlari OAI-PMH protokoli orqali ochiq (/index.php/iqtidata/oai).

Rejalar. ISSN olingach jurnal DOAJ, Crossref va boshqa xalqaro bazalarga ariza beradi; bu sahifa yangilanib boradi.