Mualliflarga

Umumiy talablar. Qoʻlyozma ilgari chop etilmagan va boshqa nashrga topshirilmagan boʻlishi kerak. Hajmi — 4 000–8 000 soʻz (adabiyotlar roʻyxatisiz). Fayl — Microsoft Word (.docx) yoki LaTeX (.tex + PDF). Tillar: oʻzbek, rus, ingliz.

Tuzilishi (IMRAD).

  1. JEL va UOʻK kodlari — maqola boshida.
  2. Sarlavha, mualliflar (F.I.Sh., ilmiy daraja, ish joyi, ORCID, e-pochta) — uch tilda.
  3. Annotatsiya (150–250 soʻz: maqsad, maʼlumotlar va usul, asosiy natija, xulosa) va 5–7 kalit soʻz — uch tilda.
  4. Kirish — muammo, dolzarbligi, tadqiqot savoli va hissasi.
  5. Adabiyotlar sharhi — mavjud ishlar va ularning cheklovlari.
  6. Maʼlumotlar va metodologiya — manbalar, tanlanma, oʻzgaruvchilar, modellar (tenglamalar raqamlangan), dasturiy vositalar va versiyalari.
  7. Natijalar — jadval va rasmlar bilan; modellar uchun baholash mezonlari va ishonch oraliqlari.
  8. Muhokama va xulosa — natijalarning talqini, cheklovlar, amaliy va siyosiy takliflar.
  9. Maʼlumotlar va kod mavjudligi toʻgʻrisida bayonot — ombor havolasi (GitHub, Zenodo, OSF) yoki ochiq boʻlmaganining sababi.
  10. Adabiyotlar — matnda keltirilish tartibida raqamlangan roʻyxat; matnda [1], [2] koʻrinishida; DOI boʻlsa koʻrsatiladi.

Rasmiylashtirish. A4, 12 kegl, 1,15 interval; jadval va rasmlar matn ichida, raqamlangan, manbasi koʻrsatilgan; grafiklar vektor yoki ≥300 dpi; kod bloklari monospace shriftda.

Yuborish. Sayt orqali («Maqola yuborish» → roʻyxatdan oʻtish → 5 bosqichli forma) yoki tahririyat e-pochtasiga: kungratovilmurod08@gmail.com. Yuborish bilan muallif nashr etikasi va litsenziya shartlariga rozilik bildiradi.